
AQSh prezidenti Donald Tramp hamda uning rossiyalik va xitoylik hamkasblari Vladimir Putin va Si Szinpin Xitoyning Shenchjen shahrida Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida uchrashdi.
Uch yetakchi tarixiy uch tomonlama muzokaralardan soʻng “tinchlik toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiya”ni eʼlon qildi, biroq unda ishtirokchilardan ikkitasi boshlagan Ukraina va Erondagi urushlar tilga olinmadi, deb xabar berdi The Guardian.
Deklaratsiyada “yadro urushida gʻalaba qozonib boʻlmasligi va bunday urushga hech qachon yoʻl qoʻymaslik kerakligi” hamda mamlakatlar neft ishlab chiqarish va yetkazib berishni koʻpaytirishni rejalashtirayotgani aytilgan. Shuningdek, ular global muammolarga yanada samarali javob berish uchun “BMTni isloh qilishga sodiq” ekanliklarini bildirdi.

Tramp Xitoyga tashrifi davomida Si Szinpin bilan sunʼiy intellektni (AI) muhokama qilganini va yetakchilar uning xavfsizligini taʼminlovchi cheklovlar boʻlishi maʼqul ekaniga kelishib olganini aytdi.
Moliyaviy sohada keng qoʻllanadigan “risk-on” va “risk-off” atamalari investorlar muayyan davrda qanchalik tavakkal qilishga tayyor ekanini bildiradi. “Risk-on”, yaʼni tavakkalchilikka moyillik kuchaygan bozorda investorlar kelajakka ijobiy qaraydi va xavfli aktivlarni sotib olishga koʻproq tayyor boʻladi. “Risk-off”, yaʼni tavakkalchilikdan qochish kayfiyati ustun boʻlgan bozorda esa investorlar kelajakdan xavotirlanib, ehtiyotkorlik bilan ish tuta boshlaydi. Shu sababli ular daromadi nisbatan kam boʻlsa ham, daromad keltirish ehtimoli yuqoriroq boʻlgan, xavfi pastroq aktivlarni sotib oladi.
Odatda, tavakkalchilikka moyillik kuchaygan davrlarda fond bozorlari oʻsadi, oltindan tashqari aksariyat xomashyo tovarlari ham qimmatlashadi, chunki iqtisodiy oʻsishning ijobiy istiqbollari ularga foyda keltiradi. Xomashyoni yirik hajmlarda eksport qiluvchi mamlakatlar valyutalari talab ortishi hisobiga mustahkamlanadi, kriptovalyutalar esa qimmatlashadi. Tavakkalchilikdan qochish kayfiyati ustun boʻlgan bozorda obligatsiyalar, ayniqsa, yetakchi davlatlarning obligatsiyalari qimmatlashadi, oltinga talab kuchayadi hamda Yaponiya iyenasi, Shveysariya franki va AQSh dollari kabi xavfsiz valyutalar bundan foyda koʻradi.
Tavakkalchilikka moyillik kuchaygan bozorlarda Avstraliya dollari (AUD), Kanada dollari (CAD), Yangi Zelandiya dollari (NZD), shuningdek, kamroq savdo qilinadigan rubl (RUB) va Janubiy Afrika rendi (ZAR) kabi valyutalar odatda mustahkamlanadi. Buning sababi shundaki, ushbu valyutalar amal qiladigan mamlakatlar iqtisodiyotining oʻsishi xomashyo eksportiga juda bogʻliq, tavakkalchilikka moyillik kuchaygan davrlarda esa xomashyo narxlari odatda koʻtariladi. Chunki investorlar iqtisodiy faollik kuchayishi natijasida kelajakda xomashyoga talab ortishini kutadi.
Tavakkalchilikdan qochish kayfiyati kuchaygan davrlarda odatda mustahkamlanadigan asosiy valyutalar AQSh dollari (USD), Yaponiya iyenasi (JPY) va Shveysariya frankidir (CHF). AQSh dollari jahon zaxira valyutasi boʻlgani, shuningdek, inqiroz davrida investorlar AQSh davlat qarz qimmatli qogʻozlarini sotib olgani uchun mustahkamlanadi. Dunyodagi eng yirik iqtisodiyotning defoltga uchrash ehtimoli past boʻlgani sababli bu qimmatli qogʻozlar xavfsiz hisoblanadi. Iyena Yaponiya davlat obligatsiyalariga talab ortishi hisobiga mustahkamlanadi, chunki ularning katta qismi hatto inqiroz paytida ham ularni yoppasiga sotib yuborishi ehtimoli past boʻlgan mahalliy investorlar qoʻlida. Shveysariya franki esa mamlakatdagi qatʼiy bank qonunlari investorlarga kapitalni yuqori darajada himoya qilish imkonini bergani uchun mustahkamlanadi.