
The New York Times (NYT) xabariga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) prezidenti Donald Tramp Eronning imkoniyatlari haqidagi yangi razvedka maʼlumotlari hamda tezkor va keskin harakat qilish uchun Isroil tomonidan kuchayib borayotgan bosimni hisobga olib, Eronga qarshi yana bir keng koʻlamli harbiy zarbalar toʻlqinini amalga oshirish rejalarini koʻrib chiqmoqda.
Xabarda aytilishicha, AQSH prezidenti Tramp hali bir qarorga kelmagan, biroq u Eron raketa va dron arsenallarini tiklashda muvaffaqiyatga erishayotgani hamda kimyoviy va biologik qurol dasturlarini ilgari surayotgani haqidagi Isroil ogohlantirishlarini koʻrib chiqmoqda.

Muhokamalardan xabardor qilingan shaxslarning aytishicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHni uning mamlakati bilan birga Eronga qarshi toʻrt kundan yetti kungacha davom etadigan havo zarbalari kampaniyasiga qoʻshilishga qatʼiy undamoqda.
Moliyaviy sohada keng qoʻllanadigan “risk-on” va “risk-off” atamalari investorlarning muayyan davrda qanchalik tavakkal qilishga tayyorligini bildiradi. Tavakkalchilikka moyillik kuchaygan (“risk-on”) bozorda investorlar kelajakka nekbin qaraydi va xavfi yuqori aktivlarni sotib olishga koʻproq tayyor boʻladi. Tavakkalchilikdan qochish (“risk-off”) kayfiyati hukm surgan bozorda esa investorlar kelajakdan xavotirlanib, ehtiyotkor yoʻl tutishni boshlaydi. Shu sababli ular daromadi nisbatan kam boʻlsa ham, daromad keltirish ehtimoli yuqoriroq boʻlgan, xavfi pastroq aktivlarni sotib oladi.
Odatda, tavakkalchilikka moyillik kuchaygan davrlarda fond bozorlari koʻtariladi. Oltindan tashqari aksariyat xomashyo tovarlari ham qimmatlashadi, chunki iqtisodiy oʻsishning ijobiy istiqbollari ularga foyda keltiradi. Talab ortishi tufayli yirik xomashyo eksportchisi boʻlgan mamlakatlarning valyutalari mustahkamlanadi, kriptovalyutalar ham qimmatlashadi. Tavakkalchilikdan qochish kayfiyati hukm surgan bozorda obligatsiyalar, ayniqsa, yetakchi mamlakatlarning davlat obligatsiyalari narxi koʻtariladi, oltinning jozibadorligi ortadi hamda Yaponiya iyenasi, Shveysariya franki va AQSH dollari kabi xavfsiz boshpana valyutalari mustahkamlanadi.
Tavakkalchilikka moyillik kuchaygan bozorlarda Avstraliya dollari (AUD), Kanada dollari (CAD), Yangi Zelandiya dollari (NZD), shuningdek, rubl (RUB) va Janubiy Afrika rendi (ZAR) kabi kamroq savdo qilinadigan valyutalar odatda mustahkamlanadi. Sababi, ushbu valyutalar tegishli boʻlgan mamlakatlar iqtisodiyotining oʻsishi koʻp jihatdan xomashyo eksportiga bogʻliq, tavakkalchilikka moyillik kuchaygan davrlarda esa xomashyo narxlari odatda koʻtariladi. Bunga investorlarning iqtisodiy faollik kuchayishi tufayli kelajakda xomashyoga talab ortishini kutishi sabab boʻladi.
Tavakkalchilikdan qochish davrlarida odatda mustahkamlanadigan asosiy valyutalar AQSH dollari (USD), Yaponiya iyenasi (JPY) va Shveysariya franki (CHF) hisoblanadi. AQSH dollari jahonning zaxira valyutasi boʻlgani va inqiroz paytlarida investorlar AQSH davlat qarz qimmatli qogʻozlarini sotib olgani uchun mustahkamlanadi. Dunyodagi eng yirik iqtisodiyotning defoltga uchrash ehtimoli past boʻlgani sababli bu qimmatli qogʻozlar xavfsiz deb hisoblanadi. Iyena esa Yaponiya davlat obligatsiyalariga talab ortishi hisobiga mustahkamlanadi, chunki ularning katta qismi hatto inqiroz paytida ham ularni yoppasiga sotib yuborishi ehtimoli past boʻlgan mahalliy investorlar qoʻlida. Shveysariyaning qatʼiy bank qonunlari investorlarga kapitalni yanada ishonchli himoya qilish imkonini bergani uchun Shveysariya franki mustahkamlanadi.